AXBOROT XATI

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida 2020 yilning 29 may kuni "Raqamli iqtisodiyot sharoitida dasturiy ta`minotni rivojlantirish istiqbollari" mavzusida respublika onlayn ilmiy-amaliy anjuman o`tkazish rejalashtirilgan.
Anjuman doirasida yalpi majlis va quyidagi shu`balar faoliyati rejalashtirilgan:

- Model asosida hamda Komponentlar asosida dasturiy ta`minotlar yaratish va modellashtirish (Model-Driven and Component-oriented Software Development);
- Dasturiy ta`minotlar hamda Servisga yo`naltirilgan arxitekturalar (Software and Service-oriented Architectures);
- Narsalar interneti va aqlli tizimlar (Internet of Things - IoT and Smart Systems);
- Dasturiy ta`minotlar migratsiyasi va ularni qayta muxandislash (Software Migration and Re-/Reverse Engineering);
- Aqlli shaharlar konsepsiyasi va Sanoat 4.0 (Smart City Concepts and Industry 4.0);

Anjumanda oliy ta`lim muassasalari va ilmiy tadqiqot muassasalari xodimlari, dasturchilar, pedagog-xodimlar va mutaxassislar, doktorantlar, magistrant talabalar ishtirok etishi mumkin.
Anjumanda ilmiy maqolalar to`plamini chop etish ko`zda tutilgan. Shu munosabat bilan 2020 yil 26 maygacha bo`lgan muddatda ilmiy maqola va tezislarni o`zbek, rus yoki ingliz tillarida anjuman tahririyatiga elektron ko`rinishda yuborishingizni so`raymiz.
Maqolalarni rasmiylashtiriga qo`yilgan talablar:


Ilmiy maqola mavzusi

Qisqa va tushunarli tarzda bosh harflar bilan yoziladi.

Muallif to`grisida ma`lumot

Muallifning ismi-sharifi, otasining ismi to`liq yoziladi, ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili va muloqot telefonlari kiritiladi.

Ainotatsiya va kalit so`zlar

6-8 qatordan oshmagan holda beriladi.

Ilmiy maqola matni

Times New Roman (14) shriftida va 1,5 intervalda yoziladi.

Matndagi iqtiboslar

Kvadrat qavs ichida quyidagicha beriladi: [1,15]

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Adabiyotlar ro`yxati matn so`ngida "Foydalanilgan adabiyotlar" yozuvi ostida beriladi.

  1. Maqolaning mazmuni va saviyasi uchun mualliflarning o`zlari mas`ul hisoblanadi.
  2. Yuborilgan maqolalarning barchasi "Antiplagiat" tizimida tekshiriladi.
  3. Barcha maqolalar bepul e`lon qilinadi.
  4. Anjumanda qatnashgan har bir ilmiy maqola muallifi elektron shaklda sertifikatga ega bo`ladi.
  5. Maqolalarni quyidagi manzillar orqali yuborishingiz mumkin:

E-mail: nauka@ubtuit.uz
Murojaat uchun manzil: 220100, Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko`chasi 110, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali
Telefon: +99897 2116496 (Masharipov M.)

Anjumanning Zoom dagi ishorati: https://us04web.zoom.us/j/77653458551?pwd=OWl4U21GbU5PR3ZrbHNqKzZIa2Jodz09
Konferensiya identifikatori: 776 5345 8551

Parol: 12345