AXBOROT XATI

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 martdagi 78-f sonli Farmoyishiga asosan 2021 yil 12-13 noyabr kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida "Matematika va axborot tizimlarining dolzarb masalalari" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Anjuman doirasida yalpi majlis va quyidagi seksiyalar faoliyati rejalashtirilgan:

1. Matematik analiz.

2. Differensial tenglamalar va matematik fizika.

3. Algebra va geometriya.

4. Kiberxavsizlik va Innovatsion ta'limni rivojlantirish: muammolar va yechimlar.

5. Axborotga ishlov berish muammolari va yechimlari.

6. Axborot texnologiyalari yutuqlarini qo'llash muammolari va yechimlari.

Mazkur konferensiyada ishtirok etishni istagan professor-o'qituvchilar hamda tadqiqotchilar o'z ilmiy izlanishlari natijasida tayyorlagan ilmiy maqolalarini yuqorida ko'rsatilgan sho'balar yo'nalishlari bo'yicha o'zbek, rus, ingliz tillarida taqdim etishlari mumkin

Taqdim etilgan maqola qabul qilingandan so'ng, har bir maqola uchun 50 000 so'm tashkiliy yig'im to'lanadi.

Anjumanga materiallar o'zbek, rus yoki ingliz tilida elektron variantda 2021 yil 25 oktyabrga qadar qabul qilinadi.

Maqolalarni rasmiylashtiriga qo`yilgan talablar:


Ilmiy maqola mavzusi

Qisqa va tushunarli tarzda bosh harflar bilan yoziladi.

Muallif to`grisida ma`lumot

Muallifning ismi-sharifi, otasining ismi to`liq yoziladi, ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili va muloqot telefonlari kiritiladi.

Ainotatsiya va kalit so`zlar

6-8 qatordan oshmagan holda beriladi.

Ilmiy maqola matni

Times New Roman (14) shriftida va 1,5 intervalda yoziladi.

Matndagi iqtiboslar

Kvadrat qavs ichida quyidagicha beriladi: [1,15]

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Adabiyotlar ro`yxati matn so`ngida "Foydalanilgan adabiyotlar" yozuvi ostida beriladi.

  1. Maqolaning mazmuni va saviyasiuchun mualliflarning o`zlari mas`ul hisoblanadi.
  2. Qabul qilingan maqolalar uchun 50 000 so'm tashkiliy yig'im to'lanadi.
  3. Anjumanda qatnashgan har bir ilmiy maqola muallifi elektron shaklda sertifikatga ega bo`ladi.
  4. Maqolalarni quyidagi manzillar orqali yuborishingiz mumkin:

E-mail: nauka@ubtuit.uz
Murojaat uchun manzil: Urganch shahri Al-Xorazmiy ko`chasi 110, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali
Telefon: +99897 2116496 (Masharipov M.)

PUL O'TKAZMALARI MANZILI

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona g'aznachiligi

sh/h 400110860334017094100078001

STIR 205767452 OKONX 92110

Moliya vazirligi g'aznachiligi

G'azna h/v 23402000300100001010

Bank nomi: Markaziy bank Toshkent shahar XKKM

MFO 00014 STIR 201122919

TATU Urganch filiali

To'lov maqsadi: TATU Urganch filiali Axborot texnologiyalari, tarmoqlar va telkommunikatsiyalar respublika konferensiyasiga deb ko'rsatish shart.