AXBOROT XATI

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 56-f-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan "O`zbekiston Respublikasida 2020 yilda Xalqaro va Respublika miqyosida o`tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi"da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish va O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2020 yil 13 fevraldagi "Vazirlik tizimidagi oliy ta`lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2020 yilda o`tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasini tasdiqlash to`g`risida"gi #116-sonli buyrug`ida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida 2020 yilning 5 iyun kuni "Axborot texnologiyalarining zamonaviy muammolari hamda ularning yechimlari" mavzusida respublika onlayn ilmiy-amaliy anjuman o`tkazish rejalashtirilgan.
Anjuman doirasida yalpi majlis va quyidagi seksiyalar faoliyati rejalashtirilgan:

- Zamonaviy axborot-ta`lim muhiti sharoitida pedagogik faoliyat.
- Model asosida aqlli tizimlar yaratish, Aqlli shaharlar konsepsiyasi.
- Telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlarining zamonaviy muammolari.
- Sun`iy intellekt tizimlarini yaratish va ulardan foydalanish tendensiyalari.

Anjumanda oliy ta`lim muassasalari va ilmiy tadqiqot muassasalari xodimlari, dasturchilar, pedagog-xodimlar va mutaxassislar, doktorantlar, magistrant talabalar ishtirok etishi mumkin.
Anjumanda ilmiy maqolalar to`plamini chop etish ko`zda tutilgan. Shu munosabat bilan 2020 yil 2 iyungacha bo`lgan muddatda ilmiy maqola va tezislarni o`zbek, rus yoki ingliz tillarida anjuman tahririyatiga elektron ko`rinishda yuborishingizni so`raymiz.
Maqolalarni rasmiylashtiriga qo`yilgan talablar:


Ilmiy maqola mavzusi

Qisqa va tushunarli tarzda bosh harflar bilan yoziladi.

Muallif to`grisida ma`lumot

Muallifning ismi-sharifi, otasining ismi to`liq yoziladi, ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili va muloqot telefonlari kiritiladi.

Ainotatsiya va kalit so`zlar

6-8 qatordan oshmagan holda beriladi.

Ilmiy maqola matni

Times New Roman (14) shriftida va 1,5 intervalda yoziladi.

Matndagi iqtiboslar

Kvadrat qavs ichida quyidagicha beriladi: [1,15]

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Adabiyotlar ro`yxati matn so`ngida "Foydalanilgan adabiyotlar" yozuvi ostida beriladi.

  1. Maqolaning mazmuni va saviyasiuchun mualliflarning o`zlari mas`ul hisoblanadi.
  2. Yuborilgan maqolalarning barchasi "Antiplagiat" tizimida tekshiriladi.
  3. Barcha maqolalar bepul e`lon qilinadi.
  4. Anjumanda qatnashgan har bir ilmiy maqola muallifi elektron shaklda sertifikatga ega bo`ladi.
  5. Maqolalarni quyidagi manzillar orqali yuborishingiz mumkin:

E-mail: nauka@ubtuit.uz
Murojaat uchun manzil: Urganch shahri Al-Xorazmiy ko`chasi 110, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali
Telefon: +99897 2116496 (Masharipov M.)
Anjumanning Zoom dagi ishorati: https://us04web.zoom.us/j/77251079972?pwd=dlJwR3dqSXY4ZTlrelJISXZUWVdnQT09
Konferensiya identifikatori: 772 5107 9972
Parol: 12345